» » Xosep Gvardiola nomzodi Kataloniya hukumati rahbari lavozimiga ilgari surilishi mumkin

Xosep Gvardiola nomzodi Kataloniya hukumati rahbari lavozimiga ilgari surilishi mumkin


“Barselona” jamoasi sobiq ustozi, hozirda “Manchester Siti” klubiga murabbiylik qilayotgan kataloniyalik Xosep Gvardiola Jeneralitatning (Kataloniya hukumati) kelgusi rahbari lavozimiga “Birgalikda Kataloniya uchun” harakatidan nomzod bo‘lishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning “Konfidensyal” nashri Kataloniya demokratik partiyasidagi manbalar, shuningdek, Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon atrofidagilarga tayangan holda ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Ispaniyaning yana bir nashri — “A-Be-Se” gazetasining qayd etishicha, Kataloniyani hozirgi hukumat rahbari, o‘z partiyasida nufuzini yo‘qotgan Kim Torra hamda undan avvalgi Karles Puchdemondan ko‘ra yomonroq boshqargan nomzodlarni tasavvur qilish qiyin.

Ispaniya OAVlari shu sababli Gvardiolaga ko‘z tikish “Birgalikda Kataloniya uchun” harakatiga yutqiziqsiz, biroq “Manchester Siti” murabbiyi uchun esa birmuncha qaltis bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Shu bilan birga, hozircha na Gvardiola, na Kataloniya demokratik partiyasi va na “Manchester Siti” bunday rejalarni tasdiqlagani yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-10-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют