» » MSK: Siyosiy partiyalarning deputatlikka nomzod ko‘rsatish ishiga noqonuniy aralashish qonun bilan ta’qib qilinadi

MSK: Siyosiy partiyalarning deputatlikka nomzod ko‘rsatish ishiga noqonuniy aralashish qonun bilan ta’qib qilinadi


Markaziy saylov komissiyasi 22-dekabrda parlament va mahalliy kengashlarga bo‘ladigan saylovlarda deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatishda siyosiy partiyalar ishiga mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, hokimlar tomonidan aralashish holatlari bo‘layotgani to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlardagi xabar va axborotlarga e’tibor qaratdi, deb xabar beradi Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazi.

“Markaziy saylov komissiyasi qayd etadiki, Saylov kodeksining 37-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadir.

Bu huquq siyosiy partiyalarning mutlaq vakolati hisoblanadi.

Siyosiy partiyalarning deputatlikka nomzod ko‘rsatish ishiga noqonuniy aralashish qonun bilan ta’qib qilinadi va javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Markaziy saylov komissiyasi yuqoridagi kabi holatlar mavjud bo‘lsa, asoslantirilgan faktlar bilan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilishingizni va bu to‘g‘rida Markaziy saylov komissiyasini xabardor qilishingizni so‘raydi.

Shuningdek, ushbu holatlar yuzasidan Markaziy saylov komissiyasining 1197 raqamli ‘Ishonch telefoni’ga ham murojaat qilishingiz mumkin”, — deyiladi Markaziy saylov komissiyasi xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-10-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют