» » Yulduzlararo kometa zaharli ekan. Yerga nima bo'ladi?

Yulduzlararo kometa zaharli ekan. Yerga nima bo'ladi?


Ushbu yilning eng e’tiborga molik ilmiy yangiliklaridan biri, shubhasiz, avgust oyining so‘ngida qrimlik havaskor astronom tomonidan aniqlangan ilk yulduzlararo “kelgindi kometa” bo‘ldi. Uning trayektoriyasi hamda tezligiga qarab bu jism Quyosh sistemasiga begona ekani hamda giperbolik traektoriya bo‘ylab Quyosh yaqinidan uchib o‘tib, keyin yana yulduzlararo ochiq fazoga ketishi xulosa qilingan.

Hozirda uni kashf qilgan havaskor astronom sharafiga Borisov kometasi deb nom olgan ushbu kometani astronomlar diqqat bilan kuzatishmoqda. Zamonaviy spektrometriya usullari qo‘llagan holda o‘tkazilgan bir necha kuzatishlarga qaraganda ushbu kometada zaharli modda – sianid ko‘p miqdorda mavjud ekan!

Kanar orollaridagi Roke-de-los-Muchachos rasadxonasidagi Uilyam Gershel nomli 4,2 metrli ulkan teleskop hozirda bevosita Borisov kometasini kuzatish bilan band. Sianidga boy ushbu kometaning yadrosi 6,6 kilometr atrofidagi o‘lchamga egaligi aniqlandi. Shuningdek, Quyoshga yaqin kelgani sayin ushbu o‘lcham 1,4 kilometrgacha qisqarishi taxmin qilinmoqda. Chunki Quyosh nurlari ta’sirida kometaning yadrosi faol bug‘lana boshlaydi va intensiv ravishda uning dumi ko‘rinishida ochiq fazoga sochilib ketadi.

Sianid esa juda kuchli zahar bo‘lmish sianid kislotasi (HCN) ionlaridan iborat bo‘lib, rangsiz, o‘ta uchuvchan modda bo‘lgan bu zaharning atigi 0,05 grammi ham o‘limga olib keladi. Biroq astrofiziklarning aytishicha, Borisov kometasining zaharli dumidan Yerga mutlaqo zarar yo‘q va undan xavotir olish kerak emas. Uning bizga eng yaqin keladigan nuqtasi ham Mars orbitasidan narida, ya’ni 60 million kilometr masofadan ham olisroqda o‘tadi.

Astronomlar ixtiyorida ushbu g‘ayrioddiy kometani kuzatish uchun yana bir yilga yaqin vaqt bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2019, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют