» » “Oltin to‘p” sovriniga da’vogar futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi

“Oltin to‘p” sovriniga da’vogar futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi


France Football nashri “Oltin to‘p” sovriniga da’vogar 30 nafar futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi.

Ushbu ro‘yxatdan “Liverpul”ning yettita, “Manchester Siti”ning beshta va “Barselona”ning to‘rtta futbolchisi o‘rin oldi.

Ro‘yxat bilan tanishing:

Sadio Mane (“Liverpul”, Senegal), Serxio Aguero (“Manchester Siti”, Argentina), Frenki de Yong (“Ayaks”/»Barselona», Niderlandiya), Ugo Lyoris (“Tottenhem”, Fransiya), Dushan Tadich (“Ayaks”, Serbiya), Kilian Mbappe (PSJ, Fransiya), Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”, Angliya), Donni van de Bek (“Ayaks”, Niderlandiya), Pyer-Emerik Obameyang (“Arsenal”, Gabon), Mark-Andre ter Shtegen (“Barselona”, Germaniya), Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, Portugaliya), Alison Beker (“Liverpul”, Braziliya), Mateys de Ligt (“Ayaks”/”Yuventus”, Niderlandiya), Karim Benzema (“Real”, Fransiya), Jorjinyo Veynaldum (“Liverpul”, Niderlandiya), Virjil van Deyk (“Liverpul”, Niderlandiya), Bernardu Silva (“Manchester Siti”, Portugaliya), Son Hin Min (“Tottenxem”, Janubiy Koreya), Roberto Firmino (“Liverpul”, Braziliya), Robert Levandovski (“Bavariya”, Polsha), Lionel Messi (“Barselona”, Argentina), Riyad Mahrez (“Manchester Siti”, Jazoir), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”, Belgiya), Kalidu Kulibali (“Napoli”, Senegal), Antuan Grizmann (“Atletiko”/“Barselona”, Fransiya), Muhammad Saloh (“Liverpul”, Misr), Eden Azar (“Chelsi”/“Real”, Belgiya), Markinyos (PSJ, Braziliya), Joau Felish (“Benfika”/“Atletiko”, Portugaliya), Rahim Sterling (“Manchester Siti”, Angliya).

Yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlab beradigan kecha 2-dekabr kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan Luka Modrich bu safar o‘ttizlik ro‘yxatdan joy olmadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют