» » Rossiyalik taniqli shoir Yevgeniy Yevtushenko vafot etdi

Rossiyalik taniqli shoir Yevgeniy Yevtushenko vafot etdi


Rossiyalik taniqli shoir Yevgeniy Yevtushenko AQShda vafot etdi. U 84 yoshda edi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

Yevtushenkoning o‘limi haqida uning do‘sti Mixail Morgulis (Belarusning Amerikadagi faxriy konsuli, “Ma’naviy diplomatiya” fondi rahbari) ma’lum qilgan.

Yevgeniy Yevtushenko 12-martdan beri Oklaxoma shtati Talsa shahridagi klinikada davolanayotgan edi, biroq so‘nggi kunlarda uning ahvoli keskin og‘irlashgan edi.

“U bir necha daqiqa avval yaqinlari va qadrdonlari qurshovida vafot etdi. Tinchgina, uyqusida, yurak to‘xtashidan”, — deya shoirning bevasi Mariya Novikovaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “RIA Novosti”.

Yevgeniy Yevtushenko Rossiyaning Irkutsk viloyatida, geolog va havaskor shoir Aleksandr Gangnus oilasida tavallud topgan. Uning ilk she’ri 1949-yili “Sovetskiy sport” gazetasida chop etilgan. 1952—1957-yillarda Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida o‘qigan, biroq keyinchalik chetlatilgan.

1952-yili Yevgeniy Yevtushenkoning “Kelajak razvedkachilari” nomli ilk she’riy to‘plami nashrdan chiqqan, o‘sha yili sobiq Ittifoq Yozuvchilar uyushmasining eng yosh a’zosiga aylangan. 1963-yili adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan.

Yevgeniy Yevtushenko jahonning ko‘plab tillariga tarjima qilingan 150 dan ortiq kitob muallifidir. Shoir 2014-yili “madaniyatni rivojlantirish, madaniyatlararo muloqot va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi” uchun YuNЕSKO medali va diplomi bilan taqdirlangan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-04-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют