» » Sirdaryoda uy-joylarni qurishda yarim milliard so‘mga yaqin pul talon-toroj qilingani aniqlandi

Sirdaryoda uy-joylarni qurishda yarim milliard so‘mga yaqin pul talon-toroj qilingani aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida uy-joy qurilishida xususiy tadbirkor tomonidan talon-torojlikka yo‘l qo‘yilganini aniqladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Departamentning Shirin shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.M.Q.” MChJ rahbari A.Q. va boshqalar shartnomaga asosan Shirin shahrida uy-joylarni qurish uchun buyurtmachi tomonidan moliyalashtirilgan 1,4 milliard so‘m pul mablag‘laridan 426,9 million so‘mini amalda bajarilmagan qurilish ishlarini dalolatnomalarga qo‘shib yozish orqali talon-toroj qilingani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Q. va boshqalarga nisbatan JKning 167 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2019, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют