» » Monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish uchun ariza berishning yangi tartibi joriy etiladi

Monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish uchun ariza berishning yangi tartibi joriy etiladi


Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi aksiyalarni olish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga oid bitimlarga oldindan rozilik berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan Ma’muriy reglamentlar ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmat xabar berdi.

Bu davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari va aholiga ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonini barcha jabhalarda faol amalga oshirish imkonini beradi.

Shu munosabat bilan, iqtisodiy konsentratsiya bo‘yicha bitimlarga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish uchun ariza berishning yangi tartibini joriy etish taklif qilindi. Iqtisodiy konsentratsiya bo‘yicha bitimlarni amalga oshirish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari orqali, shuningdek Yagona ineraktiv davlat xizmatlari portal orqali berilishi mumkin.

Shuningdek, monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olishda ruxsat berish tartib-taomillarining shaffofligi ta’minlanadi. Xizmatlarni taqdim etishning har bir bosqichida arizalarni ko‘rib chiqish jarayonini kuzatib borish tartibi joriy etiladi.

Bunday murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati o‘n kundan oshmasligi lozimligini hisobga olib, idoralararo hamkorlik orqali amalga oshiriladigan yangi tartib monopoliyaga qarshi organ tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi aksiyalarni olish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha kelib tushadigan murojaatlarni ko‘rib chiqish samaradorligini va tezkorligini oshiradi.

Mazkur Reglamentlar tasdiqlangandan keyin Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ushbu Reglamentlarning mazmun mohiyativa amaliy qo‘llanilishini tushuntirish yuzasidan qator seminarlar o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2019, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 98) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют