» » San-Marinoni dunyodagi eng yosh davlat rahbari boshqarishga kirishdi

San-Marinoni dunyodagi eng yosh davlat rahbari boshqarishga kirishdi


San-Marinoda davlat rahbari vazifasini birgalikda bajaradigan kapitan-regentlar lavozimiga ilk bor ikki ayol — Vanessa D’Ambrozio va Mimma Dzavoli saylandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Jahondagi eng mitti mamlakatlardan biri parlamenti tomonidan saylangan yangi kapitan-regentlar San-Marinoni 2017-yil 1-oktabriga qadar boshqaradi.

Shunisi ham borki, 1991-yildan 2012-yilgacha mazkur lavozimni 10 nafar ayol erkaklar bilan birgalikda egallagan edi. Ma’lumot uchun, 28 yoshli Vanessa D’Ambrozio dunyodagi eng yosh davlat yoki hukumat rahbari bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-04-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют