» » Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar, Sherobod tumaniga esa yangi hokim tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar, Sherobod tumaniga esa yangi hokim tayinlandi


Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar, shuningdek, Sherobod tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

2019-yil 22-oktabr kuni Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Boboqulov O‘ral Abrayqulovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Sherobod tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi. Shu kungacha viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Amirov Alisher Xurramovich Sherobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Alisher Amirov 1977-yilning 19-avgustida Boysun tumanida tug‘ilgan. 2001-yilda Toshkent avtomobil yo‘llar instituti, 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

2016-yilda Surxondaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangunga qadar, “O‘zavtoyo‘l” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari — bosh muhandisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, sessiyada Yunusov Bahodir Xolyorovich tuman prokurori, Aminqulov Behzod Ibrohimovich tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, Jumayev Shuhrat Allaberdiyevich tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tasdiqlandi.

Shu kunning o‘zida Surxondaryo viloyati hokimligida faollar yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, hokimlik apparati mas’ul xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Amirov Alisher Xurramovich Sherobod tumani hokimi etib tasdiqlanishi munosabati bilan shu kungacha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tasarrufidagi “Import kontraktlar ekspertizasi markazi”ning qurilishda loyiha oldi texnik topshiriqlar va tender hujjatlari ekspertizasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Suvonqulov Ahmad Xudoyshukurovich viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ahmad Suvonqulov 1968-yilning 7-noyabrida Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1994-yilda Toshkent davlat texnika universiteti, 2009-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Uzoq yillik faoliyati davomida Surxondaryo viloyati hokimligida kotibiyat mudiri, viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori, Sho‘rchi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, Moliya vazirligi Investitsiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va boshqa mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют