» » “Guliston paxta tozalash” AJ mansabdor shaxslarining kirdikorlari fosh etildi

“Guliston paxta tozalash” AJ mansabdor shaxslarining kirdikorlari fosh etildi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xovos tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda “Guliston paxta tozalash” AJ mansabdor shaxslari, bosh energetigi A.H. va boshqalar bir guruh bo‘lib, jamiyatning juda ko‘p miqdordagi mol-mulklarini talon-toroj qilganligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xususan, jamiyat bosh energetigi A.H. o‘ziga ishonib topshirilgan 16 dona elektrodvigatellarni talon-toroj qilgan bo‘lsa, jamiyat mansabdor shaxslari va boshqalar tomonidan hisobot hujjatlariga o‘tgan yilgi paxta terish mavsumida haqiqatda tashilmagan 86 tonna paxta xomashyosini transport korxonalari tomonidan tashilganligi qo‘shib yozilishi natijasida 95,6 million so‘m ortiqcha to‘lov to‘langan.

Shuningdek, “S.K.” xususiy korxonasi bilan tuzilgan pudrat shartnomasiga asosan haqiqatda bajarilmagan qurilish-montaj ishlari uchun 231,8 million so‘m mablag‘larni o‘tkazib berilishi oqibatida jamiyatning 539,9 million so‘mlik mulklari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “Guliston paxta tozalash” AJ mansabdor shaxslari, bosh energetigi A.H. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (“O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют