» » Venesuela Oliy sudi parlament vakolatlarini o‘ziga olish haqidagi qarorini bekor qildi

Venesuela Oliy sudi parlament vakolatlarini o‘ziga olish haqidagi qarorini bekor qildi


Venesuela Oliy sudi avvalroq e’lon qilgan parlament vakolatlarini o‘ziga olish haqidagi qarorini bekor qildi. Bu haqda Globovision telekanali saytida e’lon qilingan qarorni aniqlashtiruvchi axborotda ma’lum qilindi, deb xabar beradi “TASS”.

Hujjatga ko‘ra, Oliy sud Konstitutsion palatasi parlament vakolatlarining o‘zi yoki u javob beradigan organ tomonidan amalga oshirilishiga kafolat beradi, deb belgilangan band bekor qilinadi.

Oliy sud qonunchilarni parlament daxlsizligidan mahrum qilish qarorini qabul qilishdan ham bosh tortdi.

29-mart, chorshanba kuni Venesuela Oliy sudi prezident Nikolas Maduroga parlamentni deyarli cheklab o‘tgan holda faoliyat yuritish imkonini bergan edi. Shuningdek, u mamlakatda sud hukumatiga nisbatan hurmatsizlik saqlanib qolar ekan, u qonun chiqaruvchi oliy organ vakolatlarini o‘z zimmasiga olishi haqida e’lon qilgan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 64) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют