» » Namanganda mahkuma hibsxonada to‘satdan vafot etdi

Namanganda mahkuma hibsxonada to‘satdan vafot etdi


Sud tomonidan jazo o‘tayotgan mahkuma 22-oktabr kuni Namangan viloyati IIB 6-son tergov hibsxonasida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

22-oktabr kuni soat taxminan 02:30 da Namangan viloyati IIB 6-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkuma Sh.M. o‘zi saqlanayotgan hibsxona kamerasida to‘satdan salomatligi yomonlashib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Qayd etilishicha, mahkuma sudning hukmiga ko‘ra Jinoyat kodeksining 168 va boshqa moddalar bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va mazkur sud hukmidan norozi bo‘lib apellyatsiya shikoyati yozgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida mahkuma Sh.M.ning o‘limi “yurakning kamqonlik kasalligi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi natijasida kelib chiqqanligi, marhumada tan jarohatlari aniqlanmaganligi” ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2019, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют