» » Namanganda mahbus ayol hibsxonada to‘satdan vafot etdi

Namanganda mahbus ayol hibsxonada to‘satdan vafot etdi


Sud tomonidan jazo o‘tayotgan mahhbus ayol 22-oktabr, seshanba kuni Namangan viloyati IIB 6-son tergov hibsxonasida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

22-oktabr kuni soat taxminan 02:30 da Namangan viloyati IIB 6-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkum Sh.M. o‘zi saqlanayotgan hibsxona kamerasida to‘satdan salomatligi yomonlashib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Qayd etilishicha, mahbus ayol sudning hukmiga ko‘ra Jinoyat kodeksining 168 va boshqa moddalar bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va mazkur sud hukmidan norozi bo‘lib apellyatsiya shikoyati yozgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida mahkum Sh.M.ning o‘limi “yurakning kamqonlik kasalligi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi natijasida kelib chiqqanligi, marhumda tan jarohatlari aniqlanmaganligi” ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2019, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют