» » Iroqdagi tartibsizliklar vaqtida 149 nafar fuqaro va 8 nafar harbiy halok bo‘lgan

Iroqdagi tartibsizliklar vaqtida 149 nafar fuqaro va 8 nafar harbiy halok bo‘lgan


Oktabr boshida Iroqda sodir bo‘lgan noroziliklarda 149 nafar fuqaro hamda 8 nafar harbiyning halok bo‘lgani, 3,5 mingga yaqin iroqlik fuqarolarning turli darajadagi tan jarohatlari olganligi xabar qilindi. Bu haqda sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha surishtiruv o‘tkazgan komissiya hisobotiga asoslanib “TASS” xabar berdi.

“Norozilik namoyishlari vaqtida 149 nafar fuqaro, 8 nafar harbiy halok bo‘lgan, 3458 nafar odam turli jarohatlar olgan”, — deyilgan hisobotda.

Komissiya a’zolari huquq-tartibot organlari xodimlari norozilik ishtirokchilariga nisbatan haddan ortiq kuch ishlatgani va o‘qotar qurollardan foydalangani natijasida halok bo‘lganlar soni oshib ketganligini qayd etdi. Shuningdek, hisobotda kuchishlatar tizimning favqulodda holatda qanday harakat qilishni bilmasligi xalqqa nisbatan zo‘ravonlikning ortib ketishiga sabab bo‘lganligi ta’kidlangan va zo‘ravonliklar yuzasidan harbiylarga “yuqoridan buyruq bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi” bo‘yicha axborot berilmagan.

1-oktabrda Iroqning bir nechta viloyatida qashshoqlik, ishsizlik va korrupsiya sabab mamlakat hukumatiga qarshi norozilik namoyishlari boshlangan. Bag‘dod aholisi va Iroqning janubiy hamda shimoliy viloyatlarida yashovchi fuqarolar hukumat iste’fosini talab qilgan. Dastlab xotirjam ruhda boshlangan mitinglar tezkorlik bilan politsiyachi va harbiylar bilan norozilik bildirayotgan xalq o‘rtasida to‘qnashuvlarga ulanib ketgan. Iroq hukumati Bag‘dod va boshqa shaharlarda o‘tkazilgan ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng mamlakat aholisining aksariyat qismi uchun internetga kirishni taqiqlab qo‘ygandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют