» » Toshkent davlat stomatologiya instituti talabasi xalqaro olimpiadaning mutlaq g‘olibasi bo‘ldi

Toshkent davlat stomatologiya instituti talabasi xalqaro olimpiadaning mutlaq g‘olibasi bo‘ldi


Toshkent davlat stomatologiya institutida 21—22-oktabr kunlari “Stomatologiya Yuga-2019” xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi. Unda 18 ta yetakchi tibbiy oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Volgograd davlat tibbiyot universiteti, Kuban davlat tibbiyot universiteti, Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya universiteti, Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti, Kirov davlat tibbiyot universiteti, akademik Pavlov nomidagi Ryazan davlat tibbiyot universiteti, Pyatigorsk tibbiyot va farmatsevtika instituti, Qozon davlat tibbiyot universiteti, Privoljye tibbiy tadqiqot universiteti, Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti, Qarag‘anda tibbiyot universiteti, Astana tibbiyot universiteti, Qozog‘iston—Rossiya tibbiyot universiteti, Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti, Buxoro, Samarqand va Andijon tibbiyot institutlari hamda Toshkent davlat stomatologiya institutidan vakillar qatnashgan.

O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatrida bo‘lib o‘tgan tadbirni sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori Jasur Rizayev va mehmonlar xalqaro tanlovning ahamiyati haqida nutq so‘zladi.

Olimpiadada tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining yuqori kurslarida tahsil olayotgan 5 nafar talabadan iborat jamoalar ishtirok etgan. Olimpiada terapevtik stomatologiya, ortopedik stomatologiya, xirurgik stomatologiya, bolalar stomatologiyasi va ortodontiya yo‘nalishlarida olib borilgan. Tanlovni xalqaro tajribaga ega bo‘lgan olimlar baholab borgan.

Tanlovda O‘zbekistonda nomidan qatnashgan Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari ikkita 1-o‘rin, ikkita 2-o‘rin, bitta 3-o‘rin va bitta mutlaq g‘olib ishtirokchi bilan eng yuqori o‘rinlarni egallagan. Ushbu institut talabasi Diyora Isanova esa xalqaro olimpiadaning mutlaq g‘olibasi bo‘lgan. Umumjamoa hisobida Kirov davlat tibbiyot universiteti va Kuban davlat tibbiyot universiteti yuqori o‘rinlarni egallagan.

Olimpiada doirasida, shuningdek, tibbiyot muassasalarining taqdimotlari va konferensiyalari ham o‘tkazilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют