» » Qirg‘iziston hukumati neftning mamlakatga noqonuniy yo‘l bilan kirib kelishiga qarshi kurashadi

Qirg‘iziston hukumati neftning mamlakatga noqonuniy yo‘l bilan kirib kelishiga qarshi kurashadi


Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abulg‘oziyev neftning ayrim turlari va avtotransport uchun neft mahsulotlarining importini vaqtinchalik taqiqlash haqida farmoyishni imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumatining axborot xizmati xabar bergan.

Berilgan xabarga ko‘ra, Qirg‘iziston hukumatining ushbu qarori soyadagi iqtisodiyot ulushini kamaytirish va neft mahsulotlari kontrabandasiga qarshi kurash maqsadida qabul qilingan.

Shuningdek, hukumat apparati vakillari farmoyishning qabul qilinishini mamlakatga olib kelinayotgan AYoQShlarda sotish uchun mo‘ljallangan neft mahsulotlari tez-tez tovar pozitsiyasida rasmiylashtirilayotgani bilan izohlagan.

“Shunday yo‘l bilan Qirg‘izistonga olib kirilgan neft mahsulotlari bozorda 15—20 foizga arzonroq sotilmoqda. Kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan neft mahsulotlaridan esa aksiz solig‘i undirilmayapti”, — deyilgan Qirg‘iziston vazirlar mahkamasining axborot xizmati bergan xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2019, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют