» » Braziliya prezidentining o‘g‘li AQShdagi elchilikdan bosh tortdi

Braziliya prezidentining o‘g‘li AQShdagi elchilikdan bosh tortdi


Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning o‘g‘li Eduardu Bolsonaru mamlakatning AQShdagi elchiligiga nomzodini qo‘yishdan bosh tortishini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Bu haqda ko‘p o‘yladim, ko‘pchilik bilan maslahatlashdim. Saylovchilarim haqida ham o‘ylashim kerak ekan. Tan olaman, ularning aksariyati bu fikrni qo‘llab-quvvatlamadi. Braziliyada meni AQShdagi elchilikdan ham muhimroq rol kutayotgan bo‘lsa ajab emas”, — dedi Eduardu Bolsonaru.

Braziliya yetakchisining uchinchi o‘g‘li bo‘lmish Eduardu Bolsonaru hozirda mamlakat parlamentida xalqaro masalalar va milliy mudofaa qo‘mitasiga rahbarlik qilmoqda.

Iyul oyida davlat rahbari 35 yashar o‘g‘lini Vashingtonda elchi etib tayinlamoqchi ekanligini ma’lum qilgandi. Bu tashabbusni AQSh prezidenti Donald Tramp qo‘llab-quvvatlagan va buni qarindosh-urug‘chilik hisoblamasligini bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2019, 05:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют