» » Toshkentda alimentchi ota 250 mln so‘mlik alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda alimentchi ota 250 mln so‘mlik alimentni oldindan to‘ladi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 2018-yil 24-sentabrdagi ijro hujjatiga asosan qarzdor V.Imomovdan voyaga yetmagan uch nafar farzandining ta’minoti uchun ular voyaga yetguniga qadar oylik ish haqi va boshqa daromadlaridan yarmini aliment sifatida undirish belgilangan edi. Bu haqda Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi tomonidan qarzdorlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilganda, mazkur alimentchi ota o‘z xohishiga ko‘ra aliment pullarini farzandlari 18 yoshga kirgunga qadar to‘liq yetadigan miqdorda to‘lash tashabbusi bilan chiqqan.

Shunga ko‘ra bo‘lim depozit hisob raqamiga 2019-yil 5-sentabr kuni qarzdor V.Imomovdan farzandlari 18 yoshga to‘lguniga qadar yetadigan jami 252 342 206 so‘m aliment puli undirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2019, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют