» » Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 24 yillik administratsiya rahbarini lavozimidan ozod etdi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 24 yillik administratsiya rahbarini lavozimidan ozod etdi


Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘z administratsiyasi rahbari Ramiz Mextiyevni lavozimidan ozod qildi, deb yozmoqda “Interfaks”. Mextiyev prezident administratsiyasiga 1994-yil fevralidan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.

Davlat rahbari Mextiyevni Ozarbayjon Xavfsizlik kengashi a’zoligiga qabul qilgan va mamlakat oldidagi xizmatlari uchun “Geydar Aliyev” ordeni bilan mukofotlagan.

23-oktabr, chorshanba kuni Ramiz Mextiyev Ozarbayjon fanlar akademiyasi prezidenti lavozimiga tayinlandi. Uning nomzodini akademiyaning sobiq rahbari Akif Alizoda taklif qilgan. Alizodaning o‘zi 22-oktabrda sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ketgandi.

Mavzuga doir: Ilhom Aliyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashida ishtirok etayotgan hamkasblarini mehmon qildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2019, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют