» » Murdani eksgumatsiya qilish va pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash endi sud ruxsati bilan amalga oshiriladi

Murdani eksgumatsiya qilish va pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash endi sud ruxsati bilan amalga oshiriladi


Murdani eksgumatsiya qilish va pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlashdan iborat tergov harakatlarini amalga oshirish uchun ruxsat berish huquqi prokuraturadan sudlarga berildi, deb yozadi Norma.

Bu 29-mart kuni qabul qilingan “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunda ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi qonun bilan uning vakolatlari doirasiga kiritilgan jinoyat ishlarini va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni, shuningdek qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi yoxud ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish haqidagi, murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqidagi, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi yoxud mahkumni jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqadi

Опубликовано: admin (2-04-2017, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют