» » Kataloniyada toshqinlar yuz berdi. Bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi bedarak yo‘qolgan (video)

Kataloniyada toshqinlar yuz berdi. Bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi bedarak yo‘qolgan (video)


Ispaniyaning Kataloniya provinsiyasidagi kuchli yomg‘ir keltirib chiqargan toshqinlar oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Tabiiy ofat tufayli 40 dan ortiq yo‘l suv ostida qoldi. Shuningdek, bir necha temir yo‘l va qariyb 25 ming uy elektr energiyasidan uzildi.

22-oktabr, seshanbaga o‘tar kechasi Arenis de Munt qishlog‘ida bedarak yo‘qolgan erkakning jasadi tongda Barselonadan 40 kilometr uzoqlikdagi plyajdan topilgan.

Hozirda bedarak yo‘qolgan yana 2 kishi qidirilmoqda. Ular Tarragonadan 30 kilometr masofada joylashgan Vilaverde qishlog‘idagi suv olib ketgan uyda bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют