» » O‘zbekiston Jahon bankining Doing Business 2020 reytingida Lyuksemburgni ortda qoldirib 7 pog‘ona ko‘tarildi

O‘zbekiston Jahon bankining Doing Business 2020 reytingida Lyuksemburgni ortda qoldirib 7 pog‘ona ko‘tarildi


Jahon banki tomonidan 24-oktabr kuni e’lon qilingan Doing Business 2020 reytingida O‘zbekiston 190 ta davlat ichida 69-o‘rinni egalladi. Mamlakat o‘tgan yilgi reytingga nisbatan 7 pog‘onaga ko‘tarilib, Indoneziya va Lyuksemburgni ortda qoldirdi.

Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa to‘rtta davlat, shu jumladan, Tojikiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Kosovo bilan birga O‘zbekiston ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda eng yaxshi natijalarga erishgan 20 mamlakat qatoriga kirdi.

Reytingning dastlabki o‘ntaligiga Yangi Zelandiya, Singapur, Gonkong, Daniya, Koreya Respublikasi, AQSh, Gruziya, Buyuk Britaniya, Norvegiya va Shvetsiya kirgan. Reyting yetakchilarida biznesini ro‘yxatdan o‘tkazish va mulkni boshqa birovga berishda onlayn tizim yo‘lga qo‘yilgan hamda soliq deklaratsiyasini topshirishda ham elektron platforma ishga tushirilgani qayd etilgan.

Reytingning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning yozida Doing Business’da O‘zbekistonning reytingini oshirish to‘g‘risida qaror imzolagan edi. Moliya vaziri o‘rinbosari Odil Isoqov ushbu reyting bo‘yicha yaxshi natijalarga erishilsa, xorijiy investorlarni jalb qilishga yordam berishini aytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2019, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют