» » Shavkat Mirziyoyev metropolitenning Yunusobod yo‘nalishida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev metropolitenning Yunusobod yo‘nalishida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi (foto)


Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-oktabr kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, obyektning umumiy qiymati 103,8 million dollar bo‘lib, qurilish boshlanganidan buyon 67,5 million dollarlik ishlar bajarilgan. “Shahriston” bekatidan qariyb 3 kilometr yo‘l tortilib, ikkita yangi stansiya qurilgan. Tunnelning o‘ng qismi to‘liq burg‘ulanib, temir-beton bilan mustahkamlangan. Chap tunnelni burg‘ulash, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini ko‘chirish ham tez kunlarda yakunlanadi. “Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlarida qurilish-montaj ishlari jadal olib borilmoqda.

Prezident bo‘lajak “Turkiston” bekatini ko‘zdan kechirib, qurilish sifati va yo‘lovchilar uchun qulayligiga alohida e’tibor qaratdi.

Qurilishga Germaniya texnologiyasi va mutaxassislari jalb etilgan. Sifat va xavfsizlik ham Germaniya standartlariga muvofiq bo‘ladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur bosqichning ishga tushirilishi natijasida Yunusobod tumanida qatnaydigan avtobuslar soni va masofasi ancha qisqarib, kuniga 5,5 tonna yoqilg‘i iqtisod qilinadi. Yo‘lovchilarning manziliga yetib olishi 20 daqiqaga tezlashadi.

Prezident bo‘lajak “Turkiston” bekatini ko‘zdan kechirib, qurilish sifati va yo‘lovchilar uchun qulayligiga alohida e’tibor qaratdi.

“Biz bu ishlarni aholi talabini inobatga olib va kelajakni o‘ylab qilyapmiz. Agar bugun qilmasak, shaharda tirbandlik yana ortadi. Jamoat transporti har tomonlama qulay va arzon, avtomashinada yurishdan ko‘ra afzal bo‘lishi kerak. Bu yo‘lovchilar xavfsizligi, shahar ekologiyasi uchun ham juda muhim”, — degan Prezident.

Shuningdek, “Buyuk ipak yo‘li” metro bekatidan «Toshkent traktor zavodi» avtoshohbekatigacha bo‘lgan yangi yo‘nalish, Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminali loyihalari taqdimoti o‘tkazilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют