» » Oq uy 180 nafar mansabdorning daromadini e’lon qildi: Trampning qizi va kuyovining boyligi 740 mln dollarga teng

Oq uy 180 nafar mansabdorning daromadini e’lon qildi: Trampning qizi va kuyovining boyligi 740 mln dollarga teng


AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp va uning rafiqasi Jared Kushner jami qiymati 740 million dollarga teng aktivlarga egalik qilishda davom etmoqda, deb yozadi “Yevropeyskaya Pravda” Oq uyning AQSh prezidenti ma’muriyati amaldorlari daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlariga tayanib. Ivanka va Jared ham AQSh prezidenti ma’muriyatida ish lavozimiga ega bo‘lgan.

Ivanka Tramp, xususan, Oq uyning yonginasida joylashgan Trump International Hotel mehmonxonasidagi o‘z ulushini saqlab qolmoqda. Uning ulushi 5 million dollardan 25 million dollargacha baholanmoqda. Bunday aktiv unga 2016-yil yanvaridan 2017-yil martigacha taxminan 1 milliondan 5 million dollargacha daromad keltirdi.

Oq uy e’lon qilgan hujjatlarda prezident ma’muriyatida xizmat qiluvchi jami 180 nafar oliy mansabdorlarning daromadlari haqidagi ma’lumotlar bor. Ularda xodimlar davlat xizmatiga ishga kirguniga qadar egalik qilgan daromadlar va aktivlar qiymati ko‘rsatilgan.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, mansabdorlarning daromadlari taxminan 12 milliard dollarga baholanmoqda. Shu tariqa, Tramp ma’muriyati AQSh tarixidagi eng badavlatiga aylandi.

Опубликовано: admin (2-04-2017, 11:17)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют