» » Shavkat Mirziyoyev Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminali loyihasini tanladi (foto+video)

Shavkat Mirziyoyev Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminali loyihasini tanladi (foto+video)


Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminali loyihasini tanladi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanaliga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Terminalning bir nechta loyihasi Shavkat Mirziyoyevga Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishi bilan tanishish vaqtida taqdim etilgan va Prezident “Samarqand uchun eng maqbul”ini tanlagan.

Yangi terminal dizayni o‘zida o‘tmish va hozirgi zamonni mujassamlashtirgan bo‘lib, xalqaro talablarga javob beradi va soatiga 600 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi.

Mavzuga doir: Prezident topshirig‘iga ko‘ra Samarqand xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti joriy yil 26-iyul kuni Samarqand shahriga tashrifi chog‘ida Samarqand xalqaro aeroportini rivojlantirishga oid rekonstruksiya loyihasi bilan tanishgan hamda yana bir terminal qurish, uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish, samolyotlar turargohini kengaytirish, radiolokatsiya tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2019, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют