» » Olmaliqda kombinatning yubileyi munosabati bilan 5 tonna osh damlandi

Olmaliqda kombinatning yubileyi munosabati bilan 5 tonna osh damlandi


Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati tashkil etilganining 70 yilligi munosabati bilan Olmaliq shahridagi “Delfin” akva parkida kombinat tomonidan tayyorlangan ishlab chiqarish jarayonini aks ettiruvchi eksponatlar, modellar va maketlar ko‘rgazmasi namoyish etildi, deb xabar beradi O‘zA.

Ko‘rgazma doirasida mazkur xiyobonda kombinatning 70 yilligi uchun maxsus tayyorlangan doshqozonda O‘zbekiston oshpazlar uyushmasining mohir oshpazlari tomonidan 5 tonnalik osh damlandi. Milliy taom — osh kombinat mehnat ahli, Olmaliq shahri aholisi, tadbir mehmonlari hamda bolalar uylariga tarqatildi.

O‘ziga xos oshpazlik shousi kombinat sport majmuasida o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokidagi katta bayram konserti dasturiga ulanib ketdi.

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashkil topganining 70 yillik sanasi munosabati bilan kombinat ishchilariga tabrik yo‘llagan edi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinati jamoasini yubiley bilan tabrikladi

Ma’lumot o‘rnida: Poytaxtda 8 tonnalik qozonda damlangan osh Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan va bu osh kombinatda tayyorlangan qozonda pishirilgan edi. Bundan tashqari, kombinat tomonidan yana ikkita bir tonnalik va bitta besh tonnalik qozon ham tayyorlangan. Joriy yilda esa kombinat ishchilari 7 tonnalik sumalak doshqozonini tayyorlab, Namanganga jo‘natgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2019, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют