» » Bo‘stonliq bo‘yicha Prezidentning “juda katta qarori” tayyorlanayotgani ma’lum bo‘ldi

Bo‘stonliq bo‘yicha Prezidentning “juda katta qarori” tayyorlanayotgani ma’lum bo‘ldi


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani turistik salohiyati va jozibadorligini oshirish bo‘yicha Prezident qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Bu haqda viloyat hokimi Rustam Xolmatov 25-oktabr kuni Invest in Tashkent Region xalqaro investitsion forumi doirasida tashkil etilgan ochiq muloqotda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Hokimning qayd etishicha, qaror Bo‘stonliqdagi Chimyon, Bildirsoy, Chorvoq, Oqtosh kabi dam olish zonalarida amalga oshiriladigan ishlar ko‘lamini belgilab beradi.

Bo‘stonliq bo‘yicha muhtaram Prezidentimizning juda katta, keng qamrovli qarorlari tayyorlanyapti, yaqinda e’lon qilinadi. Unda nafaqat Chimyon, balki Bildirsoy, Chorvoq va Oqtosh yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan juda katta ishlar belgilab beriladi.

Bo‘stonliq tumanining jozibadorligini oshirishga qaratilgan mazkur qarorda kommunikatsiya, kanalizatsiya, suv ta’minoti, dam olish maskanlari, mehmonxonalar va hokazo boshqa masalalarning bari loyiha asosida, tizimli ravishda hal etilishi ko‘zda tutiladi.

Rustam Xolmatov, Toshkent viloyati hokimi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 16-avgust kuni imzolagan qarori bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va qator banklarning Bo‘stonliqda tog‘ klasterlarini bosqichma-bosqich tashkil etish to‘g‘risidagi taklifini ma’qullagan edi.

O‘sha yil oktabrida o‘tkazilgan yig‘ilishda esa Bo‘stonliqda, xuddi Parkent va Ohangaron-Angrendagi kabi, turizm klasterlari hududlarida mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilayotgani aytilgan edi.

Ma’lumot uchun, Invest in Tashkent Region xalqaro investitsion forumi 25—26-oktabr kunlari Nurafshonda bo‘lib o‘tadi. Unda 40 dan ortiq mamlakatdan 350 ga yaqin mehmon — hukumat delegatsiyalari, investorlar va biznes vakillari ishtirok etmoqda.

Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomovning so‘zlariga ko‘ra, forum ishchi sessiyalari natijalariga ko‘ra, tuzilgan shartnomalarning umumiy summasi 700 million dollardan oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2019, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют