» » Samarqandda qasddan odam o‘ldirgan ikki o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda qasddan odam o‘ldirgan ikki o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Samarqand viloyatining Payariq tumanida 24-oktabr kuni qasddan odam o‘ldirgan ikki o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 36 yoshli o‘qituvchi Aziz S. va 35 yoshli o‘qituvchi va Hamid B. veterinariya bo‘limi xodimi bo‘lgan 35 yoshli tanishi Umid S. bilan o‘zaro kelishmovchilik tufayli janjallashib, tanasining turli joylariga urib, qasddan o‘ldirgan. So‘ng marhumni o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashinasi ichiga o‘tqizib, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani prokuraturasi tomonidan Aziz S. va Hamid B.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “p” bandi (Bir guruh shaxslar tomonidan qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddada 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2019, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют