» » O‘zbekistondagi 30 ta xususiy bandlik agentligi birorta ham fuqaroni xorijga jo‘natmagani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistondagi 30 ta xususiy bandlik agentligi birorta ham fuqaroni xorijga jo‘natmagani ma’lum bo‘ldi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekistonda migratsiya jarayonlari: muammo va yechimlar” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida xususiy bandlik agentliklarining faoliyati tahlil qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta‘kidlanishicha, O‘zbekistonda 88 ta yuridik shaxs xususiy bandlik agentligi sifatida Mehnat vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ulardan 65 tasiga fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berilgan bo‘lib, bugungi kunda ularning 59 tasi o‘z faoliyatini yuritmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davri davomida xususiy bandlik agentliklari tomonidan 1655 nafar fuqaro chet elda, 77 nafar fuqaro respublika hududida ishga joylashtirilgan, 33 mingdan ortiq fuqaroga maslahat va axborot xizmati ko‘rsatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistondan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida litsenziyaga ega bo‘lgan 65 ta xususiy bandlik agentligidan 30 tasi birorta ham fuqaroni shu kunga qadar xorijiy davlatlarga ishga jo‘natmagan.

Shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga va boshqa mas’ul idoralarga ayrim xususiy bandlik agentliklari faoliyati ustidan ko‘plab fuqarolarning salbiy murojaatlari kelib tushgani qayd etilgan.

Mavzuga doir: Toshkentda 52 kishining arizasi asosida Human xususiy bandlik agentligi rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют