» » Bosh prokuraturada o‘zbek tili bayrami munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi

Bosh prokuraturada o‘zbek tili bayrami munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi


O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 30 yil to‘lgani va O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 21-oktabr sanasi “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Bosh prokuraturada bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tashkilotning matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Tadbirda Bosh prokuratura xodimlari, navoiyshunos olim, “O‘zbekkino” milliy agentligi bo‘limi boshlig‘i O.Davlatov hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, hududiy prokuraturalar videoselektor orqali ishtirok etdi.

Tadbirni Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev kirish so‘zi bilan ochib, bayram munosabati bilan barchani tabrikladi.

Tadbirda O.Davlatov so‘zga chiqib, o‘zbek tilining jamiyat hayotidagi o‘rni, uning nufuzi nafaqat mamlakatda, balki xalqaro miqyosda ham yuksalib, jahonda o‘zbek tilini, bu orqali milliy madaniyat va urf-odatlarni o‘rganishga qiziqish ortib borayotganligini ta’kidladi.

Shundan keyin Erkin Yo‘ldoshev prokuratura organlari tomonidan “Davlat tili to‘g‘risida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi, “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarning davlat tili bilan bog‘liq talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirilishi lozimligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, tadbir davomida prokuratura xodimlari uchun kitob yarmarkasi tashkil etilib, yarmarkadan “O‘zbekiston” va “Sharq” nashriyotlari hamda “O‘zdavkitobsavdota’minoti” korxonasida chop etilgan O‘zbekiston Prezidentining asarlari to‘plami, diniy-ma’rifiy, badiiy, ilmiy-ommapob adabiyotlar, jahon adabiyotlari, bolalar uchun kitoblar o‘rin egalladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2019, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют