» » Milliy gvardiya farg‘onalik blogerning maqolasiga munosabat bildirdi

Milliy gvardiya farg‘onalik blogerning maqolasiga munosabat bildirdi


O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida farg‘onalik bloger Bahodirxon Eliboyev tomonidan “Milliy gvardiya — xodimlar puliga ko‘z olaytirmang!” sarlavhasi ostida chop etilgan maqolaga munosabat bildirdi.

Blogerning yozishicha, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi mas’ul ofitserlari Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurib, Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazgan. Attestatsiya davomida qo‘riqlash xizmati xodimlaridan ma’lum miqdorda pul yig‘ilib, polkovnik Farmonqulov yangi Tracker avtomashinasida kuzatib qo‘yilgan. Bu va boshqa ma’lumotlar to‘g‘risida blogerga Qo‘riqlash xizmati xodimi tomonidan ma’lum qilingan.

Milliy gvardiya tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu maqola chop etilgan kundan boshlab Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, mazkur holat yuzasidan xizmat surishtiruvi belgilangan.

Mutasaddi xodimlar tomonidan olib borilayotgan surishtiruv ishlari mobaynida aniqlanishicha, bloger Bahodirxon Eliboyevga mast holatida ma’lumot bergan fuqaro Qo‘riqlash xizmati xodimi A.G. bo‘lib, bayon qilingan ayrim holatlar u attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘ta olmaganligi uchun jahl ustida gapirilganligi tan olingan.

Shuningdek, xodim A.G. polkovnik Farmonqulovning Tracker avtomashinasida kuzatib qo‘yilganligi va shu kabi aytilgan gaplarni asoslab bera olmasligini bildirib, yolg‘on axborot berganligi uchun Qo‘riqlash xizmati xodimlaridan va Milliy gvardiya qo‘mondonligidan uzr so‘ragan.

Qayd etilishicha, bugungi kunda surishtiruv ishlari qat’iy nazorat ostida davom etmoqda va yakuniy natijalari bo‘yicha Milliy gvardiya matbuot xizmati tomonidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2019, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют