» » Joriy yilning 9 oyida O‘zbekiston YaIM hajmi 361,85 trillion so‘mni tashkil qildi

Joriy yilning 9 oyida O‘zbekiston YaIM hajmi 361,85 trillion so‘mni tashkil qildi


2019-yilning dastlabki to‘qqiz oyida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 361,85 trillion so‘mni tashkil qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining hisobotida ma’lum qilingan.

Hisobotga ko‘ra, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM 10,8 million so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 foizga o‘sgan.

Mavzuga doir: Joriy yilning 9 oyida O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 251,8 trillion so‘mni tashkil qildi

2018-yilning mos davri bilan solishtirganda YaIM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining ulushi 31,3 foizdan 28 foizga hamda xizmatlar sohasi ulushi 36,8 foizdan 35,9 foizga kamaygan. Sanoatning ulushi 25,4 foizdan 29,2 foizga, qurilish esa 6,5 foizdan 6,9 foizga o‘sgan.

Hisobotda qayd etilishicha, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaIM umumiy hajmining 90,9 foizini tashkil etgan va o‘tgan yilga nisbatan 5,7 foizga o‘sgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют