» » Urganchda bolalarni kaltaklagan bog‘cha tarbiyachisi ishdan olindi

Urganchda bolalarni kaltaklagan bog‘cha tarbiyachisi ishdan olindi


Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch tumani 2-sonli bog‘chada tarbiyachisining bolalarni kaltaklagani aks etgan video tarqalgan edi. Unda tarbiyachi S.S.ning bolalarni chizg‘ich bilan urishi, qattiq chimchilashi, shuningdek, bolalarga ovqat bermasdan, soatlab telefonda gaplashib o‘tirishi aks etgan.

Maktabgacha ta’lim vazirligi holat yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rish hamda MTTdagi kuzatuv kameralaridagi mavjud videotasvirlar dalil sifatida, bolalarga nisbatan qo‘llanilgan noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan tegishli huquq-tartibot idoralariga taqdim etilishini ma’lum qilgandi.

Bosh prokuraturaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ushbu holat Urganch tumani prokuraturasi tomonidan o‘rganildi. O‘rganish davomida tarbiyachi S.S. o‘z tushuntirish xatida 17-oktabrda 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri L.Q o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqanligini, o‘z guruhiga borganida tarbiyalanuvchilar bir-birlari bilan janjallashayotganligini ko‘rib jahl bilan ularni kaltaklaganini, biroq ularga og‘ir shikast yetkazmaganligini bayon qilgan.

Ushbu holat 25-oktabr kuni Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlari, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilingan. Muhokama natijasiga ko‘ra, tarbiyachi S.S o‘z vazifasidan ozod etilgan.

Shuningdek, tarbiyachi S.S. xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazib, qonuniy qaror qabul qilinishi uchun to‘plangan hujjatlar tuman IIBga yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют