» » Qashqadaryodagi faollar yig‘ilishida Zoir Mirzayev viloyat hokimi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda

Qashqadaryodagi faollar yig‘ilishida Zoir Mirzayev viloyat hokimi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda


Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida rahbarlik qilib kelayotgan Zoir Mirzayev Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida o‘tayotgan Qashqadaryodagi yig‘ilishda viloyatning yangi hokimi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda. Bu haqda yig‘ilishda qatnashgan “Daryo” manbasi xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, viloyat hokimi hali tanishtirilmagan. Ammo Sharof Rashidov tumani hokimi Zoir Mirzayev yig‘ilishda qatnashyapti. Viloyatning bo‘shatilishi kutilayotgan 4 ta rahbari esa yig‘ilishda ishtirok etmayapti. Tadbirda Bosh vazir Abdulla Aripov so‘z olgach, zaldagi OAV xodimlari chiqarib yuborilgan.

Zoir Mirzayev Sharof Rashidov tumaniga hokim etib tayinlanishidan avval Bosh vazir o‘rinbosari hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan. 2018-yil oktabrida “Oqqo‘rg‘on voqeasi” sabab ishdan olinib, tuman hokimi sifatida ish boshlagandi.

Mavzuga doir: “Ularning o‘zi suvga tushgan”: Ariqdagi oltovlon bo‘yicha tafsilotlar ayon bo‘ldi

Zoir Mirzayev 1968-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, hokim sifatidagi ish faoliyatini 2003-yil Jomboy tumanidan boshlagan. So‘ngra Samarqand shahar hokimi, 2010-yildan 2016-yilgacha esa Samarqand viloyati hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2019, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют