» » O‘zbekiston jamoat transporti uchun yagona chipta joriy etiladi

O‘zbekiston jamoat transporti uchun yagona chipta joriy etiladi


Transport vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda jamoat transporti uchun yagona to‘lov tizimi joriy etiladi.

Ma’lum qilinishicha, hajm jihatidan bank plastik kartochkasiga o‘xshash aloqa tizimiga ulanmagan chipta yordamida O‘zbekistonning barcha shaharlaridagi har qanday transport turida to‘lovni amalga oshirsa bo‘ladi. Chiptani 30 ming so‘mga sotib olib, mobil telefondagi ilova yoki bank plastik kartochkasi orqali (shu jumladan, xalqaro to‘lov tizimlari yordamida) mablag‘ bilan to‘ldirib borish mumkin. Yangi metro bekatlaridagi turniketlar ushbu tizim joriy qilinishi uchun moslashtirilgan.

Chiptalar to‘rt xil bo‘ladi: pensionerlar, talabalar va o‘quvchilar uchun, imtiyozli chipta hamda umumiy yagona transport chiptasi. Transportdan foydalanish uchun to‘lov har bir hududda o‘rnatilgan tarifga bog‘liq bo‘lib, yo‘lovchilarning turli toifalari uchun imtiyoz va chegirmalar hisobga olinadi. Chiptalarda chipta egasining rasmi tushirilgan bo‘lishi rejalashtirilgan va ular davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladi.

Jamoat transporti safar uchun to‘lovni o‘zi yechib oladigan hisob qurilmalari bilan ta’minlanadi. Yo‘lovchi chiptani qurilmaga yaqinlashtirsa to‘lov avtomatik ravishda yechiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2019, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 63) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют