» » Robert Levandovski Bundesliga rekordini o‘rnatdi

Robert Levandovski Bundesliga rekordini o‘rnatdi


“Bavariya” Bundesliga 9-turidan o‘rin olgan “Union Berlin” klubiga qarshi bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Myunxeliklar safidagi gollarga Benjamen Pavar hamda Robert Levandovskilar mualliflik qildi. Gracenote Live xabariga ko‘ra, polshalik hujumchi navbatdagi gol sabab Bundesligada yangi rekord qo‘ydi.

Gap shundaki, Robert joriy mavsum Bundesligada ketma-ket 9 ta o‘yinda gol urdi. Natijada u oldin “Borussiya Dortmund” safida mavsum startidagi ketma-ket 8 ta turda gol urgan Pyer-Emerik Obameyangning rekordini yangiladi.

Bundesliga 9-turidan so‘ng Levandovski 13 ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2019, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют