» » O‘zbekiston terma jamoasining JCh—2022 saralash bahslari uchun yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekiston terma jamoasining JCh—2022 saralash bahslari uchun yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2-noyabr kunidan 2022-yilgi Jahon Chemionati 2-saralash bosqichi doirasidagi o‘yinlar oldidan yig‘inga kirishadi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov yig‘in uchun tanlab olgan 32 nafar futbolchi nomini ma’lum qildi. Mazkur yig‘in doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonga o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Shundan keyin Abramov Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi o‘yinda ishtirok etadigan 23 futbolchi nomini ma’lum qiladi.

Qaydnomaga kiritilgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Abdumavlon Abdujalilov (“Bunyodkor”).

Himoyachilar: Yegor Krimets (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Gvangju” – Janubiy Koreya), Sanjar Qodirqulov (“Bunyodkor”), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Sharof Muxitdinov (“Nasaf”), Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”), Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Akbar Ismatullayev (“Metallurg”), Murod Xolmuhammedov (“Qo‘qon-1912”).

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG” - Xitoy), Ikrom Aliboyev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G‘aniyev (“Nasaf”), Sanjar Shoahmedov (“Terengganu” — Malayziya), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Lutfulla To‘rayev (“Bunyodkor”), Otabek Shukurov (“Sharja” – BAA), Abror Ismoilov (“Surxon”), Xurshid G‘iyosov (“Bunyodkor”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”), Jamshid Iskandarov (“Lokomotiv”), Sardor Sobirxo‘jayev (“Paxtakor”), Muzaffar Muzaffarov (“Metallurg”), Aziz Turg‘unboyev (“Navbahor”).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”), Humoyun Murtazoyev (“Nasaf”).

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 14-noyabr kuni Saudiya Arabistoni bilan o‘ynaydi, 19-noyabr kuni esa Falastinga qarshi bahs olib boradi. Bu ikki o‘yin ham Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-10-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют