» » Iroqda qayta boshlangan norozilik namoyishlarida 63 nafar odam halok bo‘ldi

Iroqda qayta boshlangan norozilik namoyishlarida 63 nafar odam halok bo‘ldi


Iroqdagi inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari mamlakatda qayta boshlangan va ikki kundan beri davom etayotgan hukumatga qarshi noroziliklar vaqtida 63 nafar odamning halok bo‘lgani va 2,5 mingdan ortiq odamning turli darajadagi jarohati olganini xabar qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

“Bag‘dod, Mayson, Di-Kar, Basra, Mutanna, Devoniya, Bobil viloyatlarida norozilik bildirganlar orasidagi qurbonlar soni 63 nafarga yetdi. 2595 kishi yaralanagan”, — deyiladi inson huquqlari bo‘yicha yuqori komissiya bayonotida.

Mavzuga doir: Iroqdagi tartibsizliklar vaqtida 149 nafar fuqaro va 8 nafar harbiy halok bo‘lgan

Komissiya axborotiga ko‘ra, ikki kun ichida 83 ta davlat korxonasi va siyosiy partiyalar ofisi binolariga zarar yetkazilgan.

Bag‘dodda huquq-tartibot idoralari ko‘zni yoshlantiruvchi gaz hamda suv otish vodomyotlarini qo‘llab hukumat hamda xorijiy diplomtik missiyalar binolarini egallashga uringan olomonni “yashil zona”dan uzoqlashtirgan. Iroqning janubiy viloyatlari Mutanna, Vosit, Di-Kar va Maysanda saylov komissiyasi, hokimlik binolari, bir nechta siyosiy partiyalarning ofislari yoqib yuborilgan.

Namoyishchilar hukumat iste’fosini talab qilmoqda. Ular korrupsiya, ishsizlik va xalqning munosib sharoitlarda hayot kechirishini ta’minlashni talab qilgan. Iroq bosh vaziri Odil Abd al-Mahdiy namoyishlar qayta boshlanishidan avval hukumatda o‘zgarishlar qilinishi va saylov qonunchiligiga o‘zgaritirish kiritilishini bildirgan. Shuningdek, hukumat rahbari vazirlar mahkamasining iste’fosini mamlakatdagi og‘ir vaziyatni yanada yomonlashtirishini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-10-2019, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют