» » Rishtonda Tojikiston hukumati hisobidan 200 o‘rinli bog‘cha qurilmoqda

Rishtonda Tojikiston hukumati hisobidan 200 o‘rinli bog‘cha qurilmoqda


Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida Tojikiston hukumati hisobidan 200 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) qurilmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilshodjon Hojimetov “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Hokim o‘rinbosari Hojimetovning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston hukumati hisobidan Rishton tumanida umumiy qiymati 4 milliard so‘mga teng bo‘lgan MTT bunyod etilmoqda.

“Biz Tojikistonda qanday maktab qurib bergan bo‘lsak, ular ham bizga shunday bog‘cha qurib bermoqda. Muassasa qurilishida tojikistonlik ustalar bilan birga o‘zbekistonlik quruvchilar ham mehnat qilmoqda. Ikki qavatli, 200 o‘ringa mo‘ljallangan MTTni 2020-yil sentabrida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bolalar bog‘chasini qurish ishlari to‘liq Tojikiston hukumati tomonidan moliyalashtirilmoqda”, – dedi Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari.

Avvalroq O‘zbekiston hukumati hisobidan Tojikistonning So‘g‘d viloyati Spitamen tumanida 630 o‘rinli maktab, Xatlon viloyatining Qubodiyon tumanida esa 200 o‘rinli shifoxona qurilishi haqida xabar berilgan edi. O‘z navbatida Tojikiston tomoni Samarqandda 640 o‘rinli maktab va Rishtonda bolalar bog‘chasi qurish rejasini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-10-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют