» » Messi barcha davrlarning eng yaxshi hujumchisi nomini aytdi

Messi barcha davrlarning eng yaxshi hujumchisi nomini aytdi


“Barselona” hujumchisi Leo Messi Braziliya terma jamoasi va “Real” klubi sobiq a’zosi Ronaldo haqida fikrlari bilan bo‘lishdi.

Dunyoning eng yaxshi hujumchisi haqida

— Ronaldo haqiqiy fenomen edi. U men ko‘rgan eng yaxshi hujumchi. U qoyilmaqom edi.

Jamoadoshlari haqida

— Ronaldinyo doimo menga yordam bergan. 16-17 yoshimda kiyim almashtirish xonasiga kirib, katta-katta futbol gigantlarini ko‘rganman. Ammo u menga yordam bergan, shu boisdan ham jamoada o‘zimni qulay his qilanganman. Shundan so‘ng  uni maydonda juda ko‘p izlaganman, biroq u bilan ko‘proq o‘ynash nasib etmadi. Ronaldinyo bilan ko‘proq birga o‘ynashni xohlardim. Besh yildan beri Luis Suares bilan birga to‘p suryapman. Har uch kunda o‘yin bo‘lsa, bir-birimizga ko‘nikish oson kechadi. Farzandlarimiz bir xil yoshda, deyarli har bir kunimizni birga o‘tkazamiz. Shuning uchun munosabatlarimiz yanada mustahkam bo‘lib bormoqda.

Lionel Messi, futbolchi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-10-2019, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют