» » Liga 1. Ikardi va Mbappe dublga erishgan o‘yinda PSJ yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

Liga 1. Ikardi va Mbappe dublga erishgan o‘yinda PSJ yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)


Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 11-turi doirasida 27-oktabr, yakshanba kuni Tomas Tuxel qo‘l ostidagi Parijning PSJ klubi o‘z maydonida “Marsel”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 10 va 26-daqiqalarida Parij klubi hujumchisi Mauro Ikardi gol urib dublga erishgan bo‘lsa, fransiyalik Kilian Mbappe (32, 44) ham o‘z nomiga 2 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa parijliklar o‘z uyida kechgan bahsda “Marsel” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib, navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng PSJ ochkolari sonini 27 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilmoqda. “Marsel” esa 16 ochko to‘plab 7-o‘rinda bormoqda.

11-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Liga 1

11-tur bahsi

27-oktabr, yakshanba

Gollar: 1:0 — 10 Ikardi, 2:0 — 26 Ikardi, 3:0 — 32 Mbappe, 4:0 — 44 Mbappe

PSJ: Navas, Dagba (Paredes, 61), Tiago Silva, Kimpembe, Bernat, Errera (Sarabiya, 79), Markinyos, Verratti, Di Mariya, Ikardi, Mbappe (Kavani, 71)

“Marsel”: Mandanda, Sarr, Kamara, Chaleta-Sar, Sakai, Ronjye, Strotman, Lopes (Amavi, 46), Jermen (Sanson, 82), Benedetto (Ake, 80), Payet

Ogohlantirishlar: Dagba (39), Bernat (59), Sakai (62)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2019, 04:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют