» » Andijon viloyati hokimligi “MY5” telekanali orqali efirga uzatilgan tanqidiy material bo‘yicha vaziyatni o‘rgandi

Andijon viloyati hokimligi “MY5” telekanali orqali efirga uzatilgan tanqidiy material bo‘yicha vaziyatni o‘rgandi


Andijon viloyati hokimligi “Mening yurtim” telekanali tomonidan Andijon shahri Mirpo‘stin MFYga qarashli Loyihaviy ko‘chasidagi aholini yo‘l, ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz muammosi qiynayotganligi tanqid qilingan lavhaga munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, efirga uzatilgan lavhadagi holat zudlik bilan Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati tomonidan o‘rganilib chiqilgan.

Andijon tumaniga qarashli elektr tarmoqlari tashkiloti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi Loyihaviy ko‘chasidagi yog‘och tayanchlar haqiqatan ham yaroqsiz, avariyaviy holatidaligi va ko‘cha uchun 9 dona beton tayanch kerakligi aniqlangan. Bu borada Andijon shahar hokimligi tomonidan dalolatnoma tuzilib, Andijon tuman ET korxonasiga yuborilgan.

Gaz masalasi bo‘yicha, Andijon shahargaz idorasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu mahalla fuqarolar yig‘in ko‘chalari 2011-yildan “Tabiiy gaz yetib kelishi qiyin hudud” deb topilib, shu yildan gaz quvuridan gaz berish to‘xtatilgan va suyultirilgan gaz ta’minotiga o‘tkazilgan. Shu kunga qadar mahalla aholisi reja grafik asosida suyultirilgan gaz bilan muntazam ravishda ta’minlanib kelinayotgani aniqlandi.

Ichimlik suvi masalasi bo‘yicha, shahar “Suvoqova” tashkiloti ishchi guruhi tomonidan mahalla ichimlik suvi tizimi tekshirib chiqilib, nosozlik aniqlanib, joyida ta’mirlangan, yuzaga kelgan muammo bartaraf etilgan.

Yo‘l masalasi bo‘yicha shahar hokimligi ma’muriyati Mirpo‘stin MFY Loyihaviy ko‘chasini asfaltlashtirishni lozim deb topdi va bosqichma-bosqich olib borilayotgan “Ichki mahallalar yo‘l tizimini ta’mirlash dasturi”ga kiritildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют