» » “Bosh vazir kubogi”da O‘zbekiston Oliy sudi jamoasi g‘olib bo‘ldi

“Bosh vazir kubogi”da O‘zbekiston Oliy sudi jamoasi g‘olib bo‘ldi


Oliy sud jamoasi 27-oktabr kuni “Milliy” stadionida kechgan final bahsida “O‘ztelekom” AJ jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Sudyalar jamoasi yarim finalda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligini 3:0 hisobida mag‘lub etgan, “O‘ztelekom” esa Suv xo‘jaligi vazirligi jamoasidan 3:1 hisobida ustun kelgandi. Taqdirlash marosimida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ishtirok etdi.

Vazirliklar, tashkilot va idoralar o‘rtasidagi “Bosh vazir kubogi – 2019” musobaqasi erkaklar o‘rtasida futbol, ayollar o‘rtasida esa voleybol bahslaridan iborat bo‘ldi.

26-oktabr kuni voleybol musobaqasining hal qiluvchi o‘yinlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tdi.

Finalda “O‘zbekiston temir yo‘llari” jamoasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining voleybolchi xotin-qizlarini mag‘lub etib, chempion bo‘ldi. 3-o‘rin esa Maktabgacha ta’lim vazirligi jamoasini yenggan O‘zbekiston milliy axborot agentligiga nasib etdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, turnirda qatnashish uchun 148 ta vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarga xat yuborilgan, yakunda erkaklar o‘rtasidagi futbol musobaqalarida qatnashish uchun 64 ta, voleybol musobaqalarida ishtirok etish uchun esa 11 ta jamoa talabnoma taqdim etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2019, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют