» » Shvetsiyada maktab o‘quvchilari avtobusi yo‘ldan chiqib ketdi

Shvetsiyada maktab o‘quvchilari avtobusi yo‘ldan chiqib ketdi


Shvetsiyada 50 nafar o‘quvchi va ularga hamrohlik qilayotgan 6 kishi bo‘lgan avtobus noma’lum sabablarga ko‘ra yo‘ldan chiqib ketdi va Sveg shahriga 20 kilometr yetmay yonboshlab qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Hodisa 2-aprel, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan 7:00 (Toshkent vaqti bilan 10:00) da sodir bo‘ldi. Voqea joyiga ikki vertolyot va 5—6 tez tibbiy yordam mashinasi keldi.

“Avariya jiddiy, jabrlanganlar bor”, — deya ma’lum qildi qutqaruv xizmati vakili Ulof Broborg.

Mahalliy OAVlar jabrlanganlardan ikki nafari kasalxonaga yotqizilganini bildirdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-04-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют