» » O‘zbekistonda yana bir xususiy bandlik agentligi litsenziyasi to‘xtatildi

O‘zbekistonda yana bir xususiy bandlik agentligi litsenziyasi to‘xtatildi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi MChJga berilgan O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etuvchi 0010-sonli litsenziya to‘xtatilganini ma’lum qildi.

“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi MChJ fuqarolarni Koreyaga ishga joylashtirish yuzasidan ular bilan shartnoma imzolagan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga xususiy bandlik agentligi fuqarolar oldidagi majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmagani to‘g‘risida ko‘plab norozilik mazmunidagi murojaatlar kelib tushgan.

Shu munosabat bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 45-46-bandlariga muvofiq, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi MChJ litsenziyasini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarolarining Koreyadagi vaqtinchalik mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish ikki davlat Mehnat vazirligi tomonidan imzolangan anglashuv memorandumi asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, Ye9 viza bilan fuqarolarni Koreyaga ishga joylashtirish vakolati faqat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi zimmasiga yuklatilgan. Koreyada ishga joylashtirish xususiy bandlik agentliklari vakolatiga kirmaydi.

Mazkur xususiy bandlik agentligidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, IIBBga murojaat qilish so‘raladi, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют