» » Toshkentda avtomobil ehtiyot qismlarni olib berish bilan bog‘liq bir necha firibgarlik holatlari aniqlandi

Toshkentda avtomobil ehtiyot qismlarni olib berish bilan bog‘liq bir necha firibgarlik holatlari aniqlandi


Toshkentda avtomobil uchun ehtiyot qismlarni olib berish bilan bog‘liq bir necha firibgarlik holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.

Xususan, Yakkasaroy tumani ichki ishlar organlariga 50 yoshli D.A. ariza bilan murojaat qilib, 27 yoshli A.Y.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

Uning murojaatiga ko‘ra, A.Y. 29-mart kuni unga Epica rusumli avtomobil uchun ehtiyot qismlar olishda yordam berishini va’da qilgan. Buning uchun u D.A.dan 2 500 dollar olgan. Ammo va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflagan.

Shunga o‘xshash holat 24-oktabr kuni Mirobod tumani IIOda qayd etilgan. 2017-yil 30-oktabrdan 2018-yil avgustgacha bo‘lgan davr mobaynida 38 yoshli R.Y. 29 yoshli D.Y.ga Xitoydan turli avtomobillar uchun ehtiyot qismlarini olib kelishini va’da qilgan. Buning uchun u D.Y.dan 16 450 dollar olgan. Ammo R.Y. o‘z va’dasida turmasdan, pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют