» » Nurbuloq shaharchasidagi xonadondan 8,2 kilogramm marixuana topildi

Nurbuloq shaharchasidagi xonadondan 8,2 kilogramm marixuana topildi


Muqaddam uch marotaba giyohvandlik moddalarini sotish hamda bojxona chegarasidan noqonuniy o‘tkazish kabi jinoyatlarni sodir etib, yaqinda jazosini o‘tab chiqqan Urgut tumanida yashovchi A.Muhammadiyev yana o‘tmishini qo‘msadi. Bu haqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Nurobod tumani, Nurbuloq shaharchasida yashovchi giyohfurush E.Bo‘ronovni ham aynan qing‘ir maqsadlar A.Muhammadiyev bilan birlashtirdi. Ushbu juftlik Nurobod tumanida 30 gramm atrofidagi marixuana giyohvandlik moddasini namuna sifatida sotayotgan payt ushlandi.

Ushbu shaxslarning yashash xonadonlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, E.Bo‘ronov tomonidan ekib yetishtirilgan va kelgusida sotish uchun yashirin tarzda saqlab kelinayotgan 8,2 kilogramm marixuana borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha sud hukmiga binoan A.Muhammadiyev 11 yil va 6 oy, fuqaro E.Bo‘ronov 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-04-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют