» » Dream City Development: “Tashkent City’da 100 m? xonadoningiz”

Dream City Development: “Tashkent City’da 100 m? xonadoningiz”


Dream City kompaniyasi Tashkent City hududidagi Boulevard turar joy majmuasining maydoni 100 m2 ni tashkil etuvchi xonadonlar afzalliklari haqida ma’lumot berdi.

Boulevard turar joy majmuasidagi maydoni 100 m2 ni tashkil etuvchi xonadonlarning baxtli sohiblari joydan oqilona foydalanish haqida tashvishlanmasalar ham bo‘ladi, sababi ularga dizaynerlik va asl g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan ko‘plab imkoniyatlar taqdim etilgan.

Boulevard turar joy majmuasidagi 100 m2 maydonga ega xonadonlar – bu keng va osoyishtalikda, katta oila bilan birgalikda yashashga odatlanganlar uchun uy tanlashdagi eng maqbul tanlovdir. Bunday xonadonlar erkin tuzilishga ega bo‘lib, taxminan uchta yashash xonalari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, xonadonlar ikkita yuvinish xonalari, keng oshxona, kir yuvish xonasi hamda ikkita xonadan chiqish imkoniga ega ochiq balkonga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Xonadonlarning oynalari Boulevard aholisini ortiqcha shovqinlardan xalos etuvchi, shu bilan birga rang-barang gul bog‘lari, sun’iy hovuz hamda noodatiy yashil ekinzorlar manzarasidan zavqlanish imkonini beruvchi turar joy majmuasining ajoyib ichki hovlisiga qaragan.

Ichki hovliga qaragan oynalardagi manzaralarning afzalliklarini farzandli oilalar yuqori baholashadilar, chunki kun-u tun qo‘riqlanadigan yopiq hududda ota-onalar o‘z farzandlarini toza havoda sayr qilishlari uchun xotirjamlikda, ishonch bilan qo‘yib yuborishlari mumkin.

Bundan tashqari, yana bir afzallik shundaki, maydoni 100 m2 bo‘lgan xonadonning bo‘lajak sohibi xonadonlardagi shift balandligini o‘zi tanlashi mumkin. Misol uchun, 3-qavatdan to 5-qavatgacha bo‘lgan xonadonlarning shiftlari 3,40 m ni tashkil etsa, 6-qavatdagi xuddi shunday xonadonlarning shift balandligi 3,70 m ni tashkil etadi.

Boulevard turar joy majmuasidagi 100 m2-maydonga ega xonadonlarni sotib olishda ikkita tanlash imkoniyatlari mavjud – xonadonni ta’mirlash masalalarini chetlab o‘tishni istaganlar uchun dizaynerlar tomonidan ta’mirlangan uylar hamda o‘z xayollariga erkinlik berishni istaganlar uchun ta’mirlanmagan uylar. Har ikki holatda ham Dream City Development kompaniyasining ko‘chmas mulk bo‘yicha mutaxassislari sizga ma’qul kelgan xonadonni tanlashda ko‘maklashadi va vujudga kelgan barcha masalalar bo‘yicha maslahatlar berishadi.

Savdo ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Yagona axborot markazi: (+998) 71?202?22?22

Manzil: Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar Do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy ko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: dreamcity.uz

Telegram

Facebook

Instagram

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют