» » Rossiyadagi harbiy qismda 8 nafar xizmatdoshini otib o‘ldirgan askar hibsga olindi

Rossiyadagi harbiy qismda 8 nafar xizmatdoshini otib o‘ldirgan askar hibsga olindi


Chita harbiy sudi Baykalorti o‘lkasidagi harbiy qismda otishma uyushtirgan va 8 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan muddatli xizmat askari Ramil Shamsutdinovni hibsga olishga sanksiya berdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.

Sud qaroriga ko‘ra, Shamsutdinov ikki oy — to 27-dekabrgacha hibsda qoladi.

Shuningdek, unga fojia sabablarini aniqlash va hodisa chog‘ida askarning ruhiy holatiga oydinlik kiritish uchun psixologik-psixiatrik ekspertiza tayinlangan.

Mavzuga doir: Rossiyada muddatli xizmatni o‘tayotgan askar 8 nafar xizmatdoshini otib o‘ldirdi

Tyumen viloyatida ichki ishlar xodimlari oilasida ulg‘aygan Shamsutdinovga “Ikki va undan ortiq kishini o‘ldirish” moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Mazkur modda bo‘yicha u umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют