» » Go‘zallikning chegarasi yo‘qligini isbotlagan ayollar (fotogalereya)

Go‘zallikning chegarasi yo‘qligini isbotlagan ayollar (fotogalereya)


AdMe zamonaviy go‘zallik tasavvurini o‘zgartirgan noyob va takrorlanmas model ayollar haqida ma’lumot berib, ularning fotosuratlarini taqdim qildi.

Shantel Braun-Yang

Uch yoshidan teri pigmentatsiyasidan aziyat chekayotgan kanadalik ayol. U o‘z kamchiligini ustunlikka aylantirib, model bo‘lishga erishdi.

Erika Irvin

Kaliforniyalik 35 yoshli Erika Irvin 2,05 metrli bo‘yi tufayli dunyodagi bo‘yi eng uzun modellardan biri sanaladi.

Masha Telna

Katta ko‘zlarga ega bo‘lgan ukrainalik model. Uni ko‘pincha “o‘zga sayyoralik” yoki “sohibjamol elf” deb atashadi.

Karmen Dell’Orefays

84 yosh bo‘lishiga qaramay, Karmen Dell’Orefays hamon eng mashhur jurnallar uchun suratga tushadi, podiumga chiqadi va reklama kompaniyalari “yuziga” aylanadi.

Jeymi Bryuer

Daun sindromiga ega bo‘lgan jahondagi birinchi model. Yaqindan buyon u aktrisalik qilishni ham boshladi.

Keysi Legler

Erkaklar kiyimini reklama qiladigan fransiyalik ayol. Uning bo‘yi 188 santimetr. Keysi Leglerning kalta soch turmagi, uchqur yuz suyagi va irodali iyagi uni haqiqatdan ham yigitga o‘xshashiga xizmat qiladi.

Moffi

Uni yangi Keyt Moss deb atashmoqda. Moffi g‘ilayligi tufayli shuhrat qozondi.

Diandra Forrest

Diandra – ko‘k ko‘zli afroamerika-albinosi. Albinizm qora tanlilar orasida kamdan kam uchraydi va moda olamida juda qadrlanadi.

Lolita, “qora Xanna Montana”

Ushbu qiz noyobligi va tanasining betakror rangi bilan odamlarni zabt etdi. U o‘zini “qora Xanna Montana” deb ataydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-04-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют